avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
                                             Reja :
 
1. Qadr ko’rsatgan, qadr topadi.
2. Qarisi bor uyning parisi bor.
3. Buvijon, duolaringgiz doimo ijobat.
4. Bonojon, buvijon siz bilan faxrlanaman.
 
Baxtim o’ylab turarsiz har dam,
Boshim silab qilmagansiz kam.
O’pib bizning peshonamizdan,
Bobojonim-aziz insonim,
Buvijonim-aziz insonim,
 
        Mamlakatimizda yangi yilga “Keksalarni e’zozlash yili”, deb nom berishi biz kabi yoshlarning,barcha kishilarning shodligiga shodlik ulashdi. Negaki, har bir uyning qariyasi bor. Hukumatimiz tomonidan ularga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik bevosita  ham tegishli. Aslida biz,ya’ni keksa kishilarning farzandlari, nevaralari ular haqida ko’proq o’ylashimiz, g’amxo’rlik ko’rsatishimiz zarur. Ammo shunga qaramay hukumatimiz tomonidan ularga brilayotgan e’tibordan ko’nglmiz tog’dek ko’tarildi. Mana shunday ezgu tadbirlarni  o’tkazish tufayli xalqimizni yanada jipslashtirish, mehr-oqibat,  hamjihatlikni, oilani yanada musahkamlash,  kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ayol zotiga, avvalambor, onalarga cheksiz  mehr va ehtirom ko’rsatish singari qadriyatlar xalqimiz va shuurimizdan chuqur o’rin egallaydi.
           Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida xalqimizning qadimiiy va shonli tarixini uzviy davom ettirish, shu tarixning o’chmas sahifalarini, ajdodlarimizning  buyuk me’rosini, qadriyat va urf-odatlarini  yoshlarimizga tobora farovon va fayz-u barakal qilish yo’lidagi say-harakatlari  haqida ko’p gapiradilar va bu  borada salmoqli ishlar qilinmoqda.
          Xalqimizda  “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar uyimizning fayz-u farishtasi” degan chuqur ma’nolarni  anglatadigan ko’plab iboralar bo’lganidek,  haqiqatdan ham qaysi xonadonda nuroniy otaxon, yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta, fayz-u Baraka, farovonlik, ahillik hukmron bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz.
         Xalqimizda qadr ko’rgan qadr topadi, degan purmano gap bor.  Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, ularni qarlash, ko’nglini ko’tarish, shu  bilan  birga, ularning hayotini mazmunli qilish  yo’lida olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Ertasini o’ylagan xalq hech qachon  keksasini e’tiborsiz qoldirmaydi. Ularning                  
pand- nasihtlarini  eshitgan inson yurgan yo’lidan to’xtamay doim olg’a intiladi,
ortga hech qachon chekinmaydi.
           Yuqorida aytib o’tgaimizdek “Qarisi bor uyning parisi bor”.  Mening  bobom va buvim ham xonadonimiz farishtasidir. Hozirda bobom hayot bo’lmasalarda, har kuni dasturxon atrofida buvijonim duoga qo’l ochar ekanlar, bobojonimni  xotirlaydilar. Ularning qilgan ishlari erishgan yutuqlari haqida so’zlab berib, ulardek  bo’lishiga va ular singari inson bo’lishimizga chorlaydilar. Hozirda  buvim  o’n bir farzandning  jonkuyar onasi, ya’ni mahallamizning faxrli  “Qahramon ona” laridan biridirlar. Shu bilan birga bir qancha shirindan-shakar nevara-yu, evaralarning mehribon buvisi hamdirlar. Mahallamizda bo’ladigan to’y-u tantana yoki birorta tadbir buvimning maslahatisiz o’tmaydi. Mahalla to’rida  bir qancha faxriy orden-u  medallari bilan bobomning suratlari tursa, mahalladagi to’ylar, yig’inlar, tadbirlar to’rida buvijonim turadilar. Bobom va buvimni elga tanitgan mashaqqatli mehnatlari, elga munosib tarbiyalagan farzandlardir.  To’rt farzandlari ma’rifat va ma’naiyat  taratib ta’lim sohasida  yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanadilar. Ular orasida oliy toifali ustoz, xalq ta’limi a’lochisi unvoniga  sazovor bo’lgan ustozlar  ham bor. Bu albatta, bobom va buvim hizmatlaridir.
       Men ham maktab o’quvchisi bo’lsamda talaygina  yutuqlarga erishdim. Hozirda 8-sinfda tehsil olaman. Bundan tashqari “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, viloyat kengashi  qoshidagi” “Iste’dod chorlovi”, klubi a’zosiman. Bir qancha she’rlarim  gazeta sahifalaridan o’rin oldi. 2014-yilning dekabr oyida “E’zoz yog’dusi ”nomi ostida  17-son nashri biln  chop etilgan kitobdan she’rlarim joy oldi.  Shuningdek  Qarshi shaxridagi “Voha” gazetasidagi  “Yosh” muhbir  bo’lib faoliyat ko’rsatmoqdaman. Bu yutuqlarimning barchasi bobom va buvimning  duolari  samarasidir. Bu  yutuqlarim sizniki bobojon, siznikidir buvijon.
 
 
 
Orzuyim olam jahon,
She’r qalbda oshufta jon.
 Duo qiling buvijon,
Ko’kka yozayin qanot.
         Buvimga qarab turib, mehrim yanada toshadi. Oppoq sochlari, hayotning mashaqqatli kunlari solib ketgan yuzlaridagi chizgin  belgilar, hassaga tayanib qadlarini ko’tara olmay qolgan  bukik bellari, ajin bosgan qadoq qo’llari,  barchasi  buvimning hayotlari tekis-ravon o’tmaganidan  dalolat beradi. Shunchalar mashaqqatli yo’lni  bosib o’tib, biror marta bo’lsada, biror kimsadan, yoki hayotlaridan nolomaganlar. Aksincha, hayotga mehr, quvoch bilan boqib barchaga barobar nasihat qiladilar. Shijoat bilan yashashga o’rgatadilar.
 
          Buvijonim, men sizga havas qilaman. Shukrona  keltirib aytgan so’zlaringgiz  “Mehnat qil, rohat topasan”,  “Halol bo’l, yutuqqa erishasan”kabi yuzlab o’gitlaringizga amal qilaman. Sizdek halol, mehnatsevar bo’lishga  astoyidil harakat qilaman. Bobojon, buvijon nomingizni oqlashga, insonlar o’rtasida hurmatingizni  yanada oshirishga harakat qilaman. Sizga, oilamizga munosib farzand bo’laman. Sizlar bilan doimo faxrlanaman.

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Kirish « Keksalarni e`zozlash» – har bir yosh avlodning burchidir.
Asosiy qism:
1.   2015-yil«Keksalari e`zozlash» yili.
2.   Qarisi bor uyning -parisi bor.
3.   Duoga qo`l ochgan nuroniylar tilagi.
4.   Yoshlarimizni keksalarimizga bo`lgan e`tibori.
Xulosa
Bugun yana sizni esga olaman
Yurak bag`rim ezib yig`lab qolaman
Sizni nomingizni she`rga solaman
Bobojonim o`ningiz bilinyapti- ku.
Hech kimning yodidan chiqmas ko`zingiz
Dona- dona aytgan har bir so`zingiz
Paxtadan ham oppoq edi dilingiz
Bobojonim o`ningiz bilinyapti- ku.
(Qo`ziboyev Vohidbek)
Men ushbu she`rimni suyukli bobijonim xotirasiga bag`ishlab yozdim. Bu she`rim daryo gazetasiga bosib chiqarildi.

Hayot insonga bir marotaba beriladi. Uning past- u balandiga chidamoq, haqiqiy mard insonning ishidir. Bizning nuroniylarimiz ana shunday, hayot mashaqqatlarini, o`sha mudhish qora kunlarni boshidan kechirgan ulug`  zotlardandir. Ular beayov o`limlar qarshisida turib, olovdek yongan ko`zlarni, shavfqatsiz hayotning tikanlari ko`ksiga sanchilgan uyqusiz, bedor tunlarni eslab, ko`zlariga  yosh oladilar. Aytishga ham tili lol, qalbi so`qir. Yuraklari tubida qolib ketgan olovli xanjar tig`i esa hech bir zamon bitmaydi. Shunga qaramay ular hech qachon o`sha ma`shum kunlardan nolimagan, yurti mustaqilligi uchun ayovsiz kurashgan, mardonavor jon bergan. Chunki, o`sha tahlikali zamonda  ham kelajak avlodning kamol topib o`sishi, kam- ko`stlarsiz ulg`ayishi, yurtning gullab- yashnashi va ravnaq topishi yo`lida kurashga bel bog`laganlar. Ularning bu mehnatlari samarasiz ketmagan. 1941-1945- yillarda bo`lib o`tgan urushda kimlarningdir suyangan tog`i, o`g`illari, umr yo`ldoshi qatnashib, munosib kurashgan. Hali- hanuz tishlangan non ostona peshtoqida osilib turibdi. Bugungi kunga kelib, yurtboshimiz tashabbuslari bilan « Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 70 yilligi » esdalik yubiley medali, « 1941-1945 – yillardagi Ulug` Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g`alaba uchun », « Yaponiya ustidan qozonilgan g`alaba uchun  », «1941-1945 –yillar Ulug` Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun» kabi qator medal va ordenlar ta`sis etildi. Biz yoshlar mehnat faxriylari, urush veteranlarining uylariga borib, ularning o`tmishlari haqida so`zlashamiz. Ular  bizni shunday, imkoniyatlari keng yurtda yashayotganimizni hisobga olib, yetuk mutaxassis bo`lishimizga da`vat etadilar. Bugungu kunlarga shukronalar aytib, nonni ko`zlariga surtadilar. Biz  yoshlar ham ular kabi mard, jasur, bilimli, sabrli yoshlar bo`lib ulg`ayishga harakat qilamiz.
Xalqimiz azaldan yovuzlikni qoralab, yaxshilarni saralab kelgan. Bu dunyoda inson yo`qki, nuroniylarimizdanda  nurli, ulardanda  yaxshiroq. Nafaqat urush veteranlari, balki, mahallalarning faxri, eng yoshi ulug` kishilarga ham turli imtiyozlar berilmoqda, har jabhada ularning ehtiyojlari qondirilmoqda. Faxriylar va yoshi ulug` insonlarga  tibbiy va ijtimoiy xizmat ko`rsatish darajasini oshirish, ularning sog`ligi uchun qayg`urish, ularni Respublikamizning eng mashhur  sog`lomlashtirish markazlariga bepul yuborish davlatimiz dasturning bosh rejasi hisoblanadi. Mening bobom va buvim ham davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan behad xursand. Ular mahalladagi muloqot markazlariga, qiziqishlari bo`yicha tashkil etilgan turli klublarga, zabardast yoshlardek jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlariga tez- tez borib turishadi. Ular o`zlarini chiniqqan yoshlardek tetik va dadil his qilishadi. Men har gal uyning ostonasiga qadam qo`yganimda xonadan taralayotgan yalpiz va rayhonlarning muattar ifori dimog`imga uriladi, ko`zimni oftob  nurlaridanda yorqinroq, bir ajib yorug`lik qamashtiradi. Xuddiki, uyimizda farishta bordek. Shunda men o`z- o`zidan xalqimizning: « Qarisi bor uyning- parisi bor» degan ibratli gapimni yodimga olaman va yana bir karra bu naqlning haqiqat ekanligiga beshak guvoh bo`laman.
Keksalik gashtini suring siz,
Ey piru- badavlat keksalar.
Bu olam turguncha turingiz,
Nuroniy, basavlat, keksalar.
Sizlar bor fayzli xonadon,
Xizmatda oila, ahli jon.
Ulug`lar Vatan, el, jonajon,
Barchaga siz  ibrat keksalar.
Farishta misolsiz, yog`ar nur,
Aqlning   ko`zisiz, so`zi dur.
Ta`zimda erursiz  bir umr,
Qadrdon,  ko`p qimmat, keksalar.
Hayotimizda har kuni kishi bahri- dilini ochadigan bir yangilik. Ayniqsa, keksa avlod vakillari o`zlariga  ko`rsatilayotgan mehr- oqibatdan ko`ngillari chog` bo`lmoqda. Har kuni tongda kimdir  ishga, kimdir o`qishga otlanadi. Albatta, kunning fayzli boshlanishi nuroniylarimiz duolari bilandir. Men bobom va buvimning  duolarini olmasdan uydan bir qadam ham, ularni  duolarini olishga, maslahatlariga  quloq tutib, ularga amal qilishga intilaman. Sababi, ularning duolarisiz, nasihatlarisiz kunimning  xayrli o`tishiga ishonchim komil emas. Bu  duolar mening kundalik hayotimda bajaradigan yumus hlarimni unumini  oshiradi. Ana shundagina men o`z ishlarimdan  mag`rurlanaman.
Ko`karur  yomg`irdan ona yer,
Duodan oladi quvvat el.
Boqijon bor bo`ling doim der,
Duosi ijobat keksalar.
 
Menga duolar bilan madad berganlari kabi mahalladoshlarimiz ham bobom va buvimni eng yoshi ulug` nuroniy sifatida deb bilib, ulardan duolar,  maslahatlar olishni kanda qilmaydilar. Chunki ular mahallamizning faxri. O`z o`rnida bobom ham, buvim ham mahallamiz  tevaragida o`z obro`- e`tiboriga ega e`zozli kishilaridandir. Men shundayin hokisor nuridiydalarim borligidan  faxrlanaman.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
35- umumiy o`rta ta`lim maktabi
9-B sinf o`quvchisi
Qo`ziboyev Vohid Ergash o`g`li
Manzilgohim
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
Aral mahallasi
 
Yangiyo`l ko`chasi 70- uy

Mening bobom va buvim mahallamizning faxri

"9-май Хотира ва қадрлаш куни"
Жамият
                  Reja :  
  1. Keksalarni e’zozlash yili .
  2. Mahallamizda keksalarning o’rni .
  3. Bobomning o’gitlari .
  4. Bobomning hayotimizga tutgan o’rni .
 
           Har qanday  jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Soddagina o’zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat- ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan.
     Bir o’ylab ko’raylik, “ Qarisi bor uyning parisi bor “, “ Qariyalar – xonadonimizning fayzi va farishtasi “ degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor.
      Haqiqatdan ham, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta, fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimizning  unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim.
       Vatanimizning musaffo osmonini asrashda, har qanday ofatlarni ostonamizga yo’latmaslik, ona yurtimizni fashizm balosidan himoya qilishda keksa avlod vakillarining qanday jasorat ko’rsatgani, front ortida mehnat qilib, g’alabaga munosib hissa qo’shganini mamlakatimizni tiklash, uning ham harbiy, ham iqtisodiy, ham madaniy-ma’naviy salohiyatini oshirishda nuroniy keksalarmiz namoyon etgan fidoiylikni biz hamisha katta minnatdorlik bilan eslaymiz .
        Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi  2015 – yilni mamlakatimizda “ Keksalarni e’zozlash “ yili deb e’lon qilishni taklif etdi.
        Ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda 68000 nafar II – jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari istiqomat qiladi. Ularga hukumatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik ko’lami yil sayin oshib bormoqda.
        O’zbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 – yillaridagi urush va mehnat fronti faxriylarini “ II – jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi “Esdalik yubiley medali bilan mukofatlash to’g’risidagi farmoni e’tiborning yana bir namunasidir.
         O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentyabrdagi Farmoniga ko’ra yurtimizda “Mahalla” xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Bizning mahallada ham shunday xayriya jamg’armasi tashkil etilgan. Yolg’izlarning holidan xabar olinadi, nochorlarga g’amxo’rlik qilinadi, qayerda qariyalar bo’lsa xabar olib kelinadi. 9-may kunlari sovg’a salomlar, guldastalar olib, xabar olib turiladi. Qariyalar uchun mahallamizda bayramlar o’tkazib turiladi. 1941-1945 – yillari urushga qatnashgan ko’plab yoshi ulug’ keksalarimiz bor.Ularni 9- may kuni tabriklaymiz, hollaridan xabar olamiz. Ular bilan suhbat qilamiz. Bo’lib o’tgan voqealar bilan ,biz bilan  o’rtoqlashadilar .Yana boshqa keksalarni ham holidan xabar olib turamiz. Ular bilan suhbatda hech qachon zerikmaymiz, maroq bilan tinglaymiz. Ularga o’xshashni hammamiz ham orzu qilamiz.
           Men bobom bilan bo’laganimda  ular bilan suhbatda bo’laman. Bobom o’z hayotlarida ko’rgan qiyinchiliklarini so’zlab beradilar. O’sha paytda bo’lgan qiyinchiliklarni, urushlarni, ocharchilik paytlarini gapirib beradilar. Bobom  shu zamonamizga, tinchligimizga, osoyishta kunlarimizga shukrona bildiradilar. Prezidentimizga mingdan-ming rahmat aytadilar. Bizlarga ham shunday diyorimizni asrab-avaylashimiz kerak ekanligini uqtiradilar. Men bilan suhbatda do’stlarim kimligini so’raydilar. Maktabda ustozlaringga mehribon bo’l, “Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l”  deb doim ta’kidlaydilar.
            Mening katta bobom ham mahallamizning yetuk insonlaridan biri hisoblanardilar. Bobomning ismlari Muhriddin Majiddinov bo’lganlar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist va sa’nat arbobi edilar. Mulla To’ychi Toshmuhammedov nomli musiqa va drama teatri direktori bo’lganlar. Bobom 1967-yil “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoni va     “Mehnat faxriysi” ordenini olganlar. Bobom juda muruvvatli edilar. Ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida u kishi yashagan ko’cha Muhriddin Majiddinov nomi bilan ataladi. Oilalari juda yaxshi bo’lgan. Aytishganlariday: “ Oilasi yaxshining farzandi ham yaxshi bo’ladi “. Bobomning amakilari II-jahon urushi qatnashchisi bo’lganlar. Men bobomga judayam havas qilaman. Bobomga o’xshagim keladi. Bobomning yo’llarini davom ettirmoqchiman .
             Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur. Bu yo’lda biz yoshlarning o’z burchimiz va vazifalarimiz bisyor.
 
 
 
 
 
 
 
                                               Qarshi shahar 
                                    32-umumiy o’rtata’lim maktabining
                               9-“G”sinf o’quvchisi Ruyiddinova Malika
   2000-yil 1- yanvar kuni tug’ilgan.
   Qo’rg’oncha mahallasi Hurriyat ko’chasi
 
50-uyda istiqomat qiladi .

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                         ‘Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri’         
Reja:
1.Mening bobojonim va buvijonim haqida.
2.Oltin olma-duo ol
3.Mehr-gul,qahr tikon
   Qarisi bor uyining parisi bor deb bejizga aytishmaydi dono xalqimiz.Rostdan ham, uyimizning fayziga                                                   fayz, ko’rkiga ko’rk qo’shib xonadonimizni obod qilib turgan, bobojon-u, buvijonlarimizsiz hayotimizni tassavvur ham eta olmaymiz. Shuningdek, men ham buvijonim bilan bobojonimni juda ham yaxshi ko’raman.Ayniqsa,buvijonim bizni farishtamiz. Buvijonim hech qachon, hech kimdan o’z maslahatlarini,mehrlarini ayamaydilar. Bizning hech qachon yolg’izlatib qo’ymaydilar.Bobojonim ham yetmish yoshni qarshilagan bo’lsalarda hech ham tinim bilmaydilar. Bir qarasang ko’chada, hovlida,mahallada ko’chatlar, daraxtlar ekayotgan, bir qarasang mahalla-ko’yda xabar olayotgan bo’ladilar. Bobojonim tartib-intizomini hush ko’radilar. Biror bir mahalladoshimiz no’maqulchilik qilsalar,dakki berib to’g’ri yo’lga soladilar.Bundan dakki eshitganlar hech ham xafa bo’lishmaydi, aksincha, uzur so’rab, boshqa no’maqulchilik qilishmaydi.Buvijonim ham bobojonimning o’zlari.Buvijonim ham hech tinay demaydilar.Ber qarasang buvim ko’chalarga, mahallalarga, xovlilarga gul ekib  hammayoqni obod qiladilar,bir qarsang mahallalardagi qizlar yig’ib tikish-bichishdan saboq beradilar.Hech ham bo’sh o’tiraman demaydilar.Bobom bilan buvim bizning quyoshimiz. Ularni hamma yaxshi ko’radi, ardoqlaydi.Mahalladagi odamlar buvim bilan bobomni juda huemat qilishadi.Har kuni yig’ilib ularni ko’rgani kelishadi. Bilsangiz, bobojonim bilan buvijonim oilamizning, mahallamizning faxri. Ularni doim asarab avaylaymiz.
   Hara birimiz buvijonimizni asrab avaylaylik .Zero, vaqt g’animatdir. Ularni borlarida qadrlariga yetib, ularni avaylab bor mehrimizni ularga avaylab bor mehrimizni ularga ko’rsataylik.Akademik shoir G’afur G’ulomning ‘Vaqt’ she’rida:
                              
                                            Aziz asrimizning aziz onlari   
                                            Aziz odamlardan so’raydi qadrin 
                                            Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
                                             Bezamoq onidir umr daftarin,-
Degandilar.Shoir ‘umr daftari’degan iborani bejizga ishlatmayaptilar.Zero, ham bir avlod singari, ham bir  insonning ham umr daftari bo’ladi. Bu she’rda furasatni g’animat bilmoq,vaqt qadrlamoq nohoyatda muhim ekanligi ta’riflanadi.Dono xalqimiz :’Mehr-gul, qahr-tikan’,’Mehri borining sehri bor’-degan so’zlari juda to’g’ri. Bu so’zlarda jon bor. Biz keksa buvijon-u, bobojonlarimizga bor mehrimizni beraylik.Ularni holidan xabar olib, duolarini olaylik. Aytishadiku,duo logan omondir, qarg’ish olgan yomondir deb. Rostdan ham duo olganlar doimo omon bo’lar. Ota-onaning, keksalarning duosi hech qachon o’tga, suvga botirmas. Prizidentimiz aytadilar:
‘Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo’lsak, uning juda teran tarixiy,milliy,diniy ildizlari borligini ko’rish mumkin’.
    Biz ham bir-birimizga mehr-oqibatli bo’laylik.Qon-u qarindoshlar bir-birimizdan habar olaylik.Zero, ‘Qadr bilmas qarindoshdan, yaqindagi yot yaxshidir’.
    Men hech ikkilanmay  bobom va buvimni mahallamiz faxri deb aytolaman:
                            Keksalarning ko’ngli osmondek tiniq,
                            Farzandlar mehriga doimo intiq.                
                            Hayot sabog’ini nabiralarga,
                            Qo’lidan kelgancha o’rgatar to’liq…
                                
 
                                                                                                 Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
                                                                                            1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
                                                                                            8-‘V’sinf o’quvchisi Qurbonova Charosning
                                                                                            ‘Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri’
                                                                                             mavzusidagi tanlovga yozgan inshosi.